Garnir va qaylalar
Kotletlar ko'plab garnirlarga mos keladi: kartoshka pyuresiga, yashil no'hotga, yaxna karamga, qaynatilgan lavlagiga va marjumakka, soyali qayla qo'shilgan guruchga, makaronlarga, pishloqqa, yaxna kabachkalarga, shuningdek, biz sevgan «fri» kartoshkasiga va «qishloqchasiga jaydari» kartoshkaga.
Kurka go'shti masalan, tovuq go'shtiga qaraganda juda shirali emas, lekin «nafis» ta'mga ega, uni har xil qaylalar bilan "ta'kidlash" kerak bo'ladi.
Sarimsoq piyozning 5ta bo'lagini sarimsoqezgichda ezing, paylo bo'lgan bo'tqaga yarim choy qoshiqda tuz va qora murch qo'shing. 5ta osh qoshiqda zaytun moyi va ta'bga qarab maydalangan petrushka ham qo'shing. Dasturxonga torting.
Yana quyidagi qaylani ham sinab ko'rish mumkin: limon sharbati (1ta choy qoshiqda), asal (1ta osh qoshiqda), kurkuma (yarim choy qoshiqda) va xantal «dijonskaya» urug'chalari bilan birga (3ta osh qoshiqda). Qaylani idishda yaxshilab aralashtiring va tayyor taomga qo'shib torting.
Yoqimli ishtaha!