"KULINAR" HAQIDA

Turmushni yengillashtiruvchi, vaqtni tejovchi va taomnomani rang-baranlashtiruvchi go'sht mahsulotlari.


"Kulinar" nima?

"Kulinar" – muzlatilgan yarimtayyor mahsulotlar bo'lib, ular yordamida siz 10-20 daqiqa ichida to'laqonli kechki ovqat tayyorlashingiz mumkin. O'z qo'lingiz bilan, ortiqcha ovoragarchiliksiz.

Bugungi kunda bizning savdo markamiz ostida kolbaskalar, kotletlar, chuchvaralar, shnitsellar va shashlik uchun tayyor go'shtlarni topishingiz mumkin. Bularning barchasi xoh kartoshkali pyure bo'lsin, xoh qaynatilgan guruch yoki pechda toblangan sabzavotlar siz sevgan garnirlar bilan juda yaxshi "chiqishadi".
"Kulinar" mahsulotlarini barcha Korzinka,
Makro, Baraka Market, Magnum supermarketlarida xarid qilishingiz mumkin.

Biz qanday muammoni hal etamiz?


Toshkentliklarga kechki ovqat tayyorlash uchun oddiy va tez tayyor bo'ladigan yechimlar mavjud emasligini anglash bizni "Kulinar"ni yaratish g'oyasi sari yetakladi. Taomlanish har doim biz uchun atroflicha tayyorlanish joiz bo'lgan jiddiy tadbir bo'lgan. Ammo vaqt o'tgani sayin hayot sur'ati jadallashib bormoqda, mana, ovqatlanishga nisbatan oddiyroq yondoshuv talabi vujudga keldi.

Toshkentning zamonaviy aholisi nimaga ko'proq vaqt sarflashni istaydi. Ovqat tayyorlashgami? Yoki yaqinlar, do'stlar, hordiq chiqarish, sevimli mashg'ulotlargami? Bizningcha, ikkinchisiga. Bugun bizning umumiy globalizatsiyaga aloqadorligimiz unchalik sezilarli bo'lmasa-da, endi tanlagan yo'limizdan og'ishmaymiz, ushbu yo'lda vaqt bizning eng asosiy yutug'imiz hichoblanadi.


O'z qo'lingiz bilan tayyorlagan tez tayyor bo'ladigan kechki ovqatlar

Vaqt yetishmovchiligi muammosini hal etish maqsadida biz muzlatilgan yarimtayyor mahsulotlar liniyasini yaratdik. Kolbaskalar, kotletlar, shnitsellar yoki shashlik uchun tayyor go'shtlar – bularning barchasi juda tez tayyorlanadi. Masalan, bizning kurka go'shtidan kolbaskalarimizni olib ko'raylik. Tayyorlashdan oldin ularni mikroto'lqinli pechda muzdan tushirish joiz, keyin ikki tomoni tovada qovurib olinadi. Bunga uzog'i bilan 10-15 daqiqa sarflaysiz. Xuddi shuncha vaqt ichida gazning boshqa ko'zida guruch qaynatishingiz, sabzavotli salat tayyorlashingiz yoki pomidor qovurib olishingiz mumkin.

Eng asosiysi – taomlarning barchasini o'zingiz, mehr va g'amxo'rlikdan bir chimdimdan qo'shib tayyorlaysiz. Mahsulotlarimizdan tayyorlangan taomlarning mazali bo'lib chiqishining asosiy siri ham mana shunda.
Yarimtayyor mahsulotlar — eshitilishi unchalik emas...

Ishlarning asosiy qismini siz uchun biz bajarib qo'yganligimiz sababli ular shunday ataladi. Kolbaskalar tayyorlash uchun qiyma tayyorlab, uni ichakka joylashingizga hojat yo'q: shnitsel tayyorlash maqsadida kurka go'shtini urib yumshatib, bulamaga unnashingizning keragi yo'q, shashlik pishirish uchun go'shtni marinadlab o'tirmaysiz.
Yarimtayyor mahsulotlar = yarim tayyorlab qo'yilgan taomlar.

Yana bir o'rinli savol tug'iladi: "Ularning sifatiga ishonsa bo'ladimi?". Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, mahsulotlarimizning sifati yuqori. Shunchalik yuqoriki, uyimizda "Kulinar" mahsulotlaridan kechki ovqat tayyorlashdan o'zimiz ham uyalmaymiz va qo'rqmaymiz.

Mufassal javob beradigan bo'lsak, iste'molchilarning ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalaniladigan mahsulotlar haqidagi eng noqulay savollariga javob berganimiz – maqolani o'qib ko'rishni tavsif etamiz.

Uni bu yerda o'qish mumkin (vaqtincha faqat rus tilida).


"Kulinar" – bu halol mahsulotlar

2022 yilning sentabr oyida Turkiyaning halol sertifikatlash organi – Boras Uluslararasi Belgelendirme ve Egitim Hizmetlere tashkiloti vakillari zavodimizga kelishdi. Bizning so'rovimizga ko'ra ular korxonamizning halol mahsulotlarni ishlab chiqarish me'yorlariga javob berish-bermasligini tekshirib berishdi.

- mol so'yish jarayoni, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni va tayyor mahsulotlarni saqlash shartlari bilan tanishishdi;
- ishlab chiqarish joylari, uskunalar, idishlar va yordamchi materiallarni tekshirishdi;
- sanitariya-gigiyena normalariga qanchalik amal qilishimizni tekshirishdi;
- ISO: 22 000 "oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi" xalqaro sertifikati borligini tekshirishdi. Bu "Halol" sertifikatini olishning asosiy sharti hisoblanadi;
- import qilinadigan mahsulotlarning "Halol" sertifikatini tekshirishdi.
Tekshiruvlar tugagandan keyin fizikaviy-kimyoviy tadqiqotlar o'tkazish uchun mahsulotlarimiz namunalarini olib ketishdi. Oradan bir necha hafta o'tganidan keyin esa korxonamiz yuqorida qayd etilgan me'yorlarga to'g'ri kelishini tasdiqlovchi rasmiy sertifikatga qo'lga kiritdik.

Do'koningiz bor, "Kulinar" mahsulotlarini sotishni istaysizmi?
Unda savdo bo'limiga qo'ng'iroq qiling: +998 93 590-66-88
yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga yozing