SAHIFA

KURKA GO'SHTIDAN KOTLETLAR

Parhez kotletlar bilan yengil kechki ovqat retsepti
Kurka go'shti – parhez gipoallergen go'sht, uning file qismida yog'lilik darajasi tovuq ko'kragidagidan ham kamroq. Kurka go'shtidan kotletlarimizni ishlab chiqarishda ushbu foydali jihatni saqlab qolishga harakat qildik. Ularni foydali usullar yordamida osongina tayyorlash va sog'lom turmush tarzi tarafdorlariga har jihatdan mos keladigan garnirlar bilan qo'shib dasturxonga tortish mumkin.

Qanday qilib "Kulinar" kurka go'shtili kotletlarini 15 daqiqada to'laqonli sog'lom taomga aylantirish mumkinligini bilib oling!
TAYYORLASHNING 2 USULI

Toblab pishirish yoki bug'da tayyorlash
2 TA FOYDALI GARNIR

Qovoqchalar, bulg'or qalampiri va pomidorli jarkop hamda qovoqcha va qo'ziqorinli kabob
2 XIL SOUS


Pomidorli va «Dzadziki»
Gaz pechida pishirilgan kurka go'shtili kotletlar
  1. Gaz pechini 180-200°C gacha qizdiring.
  2. Kotletlarni mikroto'lqinli pechda maxsus rejimda muzdan tushiring.
  3. Pergament qog'ozi yozilgan listga kotletlarni soling va gaz pechida 20 daqiqa pishiring.
  4. Tayyor!
Bug'da pishirilgan kurka go'shtili kotletlar
  1. Mantiqasqonga suv soling va qaynab chiqishini kuting.
  2. Kotletlarni mikroto'lqinli pechda maxsus rejimda muzdan tushiring.
  3. Qasqon listlariga yor surtib, kotletlarni soling.
  4. Qasqon ustini yoping va past olovda 20 daqiqa davomida pishirib oling.
  5. Tayyor!
Garnirlar
Parhez kotletlarga qovoqcha, bulg'or qalampiri va pomidorli jarkop hamda qaynatilgan sabzavot va yormalar mos keladi.

Souslar
Ketchup o'rniga 2-3 dona pomidorni qirg'ichdan chiqaring va bir bo'lak sarimsoqpiyozni soling. Ta'bga ko'ra tuz va murch seping.

Mayonez o'rniga grekcha «Dzadziki» sousini tayyorlang. 250 g smetanani ikki dona qirg'ichdan chiqarilgan bodring (tuzlangani ham bo'ladi), maydalangan petrushka, ukrop va sarimsoq bo'lagi bilan aralashtiring. Tuz va murch – tabga ko'ra.

Kurka go'shtidan kotletlarni Toshkent va Samarqanddagi do'konlardan sotib oling va foydali kechki taomlarni ortiqcha urinishlarsiz tayyorlang!