"Kulinar" mahsulotlari haqida ro'yirost

Iste'molchilarning eng noqulay savollariga javob beramiz
Butun boshli oilaning ovqatlanishiga mas'ul bo'lsangiz, eng avvalo nima haqida o'ylaysiz? Kartoshkali fri — mazali. Ammo foydalimi? Yaqin atrofda joylashgan milliy oshxonadan qozon kabob — a'lo! Lekin uning ichida qancha yog' va kraxmal bor?

«Kulinar» mahsulotlarini ham o'ylaganda, shunga o'xshash savollar xayolga keladi. Ko'p iste'molchilar bizning shnitsel, kolbaskalar va kotletlarimizni maqtashadi. Ammo sog'liqqa foydasi nuqtai nazaridan ularga qanchalik ishonsa bo'ladi? Nega mahsulotlar muzlatilgan? Ushbu maqolada biz eng "noqulay" bo'lgan savollarga javob berdik.


Ular polufabrikatlarmi?!

Texnik jihatdan olib qaraganda — ha. Shunga qaramasdan bizning mahsulotlarimiz sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan qator murakkab jarayonlardan o'tmaydi. Masalan, bizga kurka kelib tushganida uni bo'laklarga bo'lamiz, marinadlaymiz va muzlatib qo'yamiz. Bu amallarning barchasini siz o'z uyingizda bajargan bo'lardingiz. Ammo bevosita pishirish jarayoniga aralashishga biz da'vo qilmaymiz — bu iste'molchilarimizning haqqi, pishir-kuydirni ularga to'liq ishonib topshiramiz.
Mahsulotlarni nega muzlatasiz?

Saqlash muddatini uzaytirish uchun, biz kabi ishlab chiqaruvchilarning ikkita yo'li bor: konservantlar qo'shish yoki muzlatish. Biz ikkinchisini tanladik, chunki mahsulot tabiiyligini yo'qotmaydi, shokli muzlatish uslubi qo'llanilishi tufayli foydali xususiyatlarini ham saqlab qoladi.

Shokli muzlatish yordamida biz mahsulotlarni maxsus kameralarda bir ondayoq -35°C gacha sovutamiz. Shu tariqa ular muzidan tushirilganidan keyin ham yangi mahsulotdagidek o'z xususiyatlarini yo'qotmaydi.

Konservantlardan foydalanasizmi?

Yuqorida aytib o'tganimizdek, konservantlarni qo'shmaymiz. Saqlash muddatini uzaytirish uchun biz shokli muzlatish uslubidan foydalanamiz.
Nega tovuq terisini qo'shasiz?

Yog'li tovuqdan sho'rva mazaliroq chiqadi. Kabobchilar kabob shiralirok chiqishi uchun go'shtlarni oralatib dumba bo'laklarini qo'yishadi. Bizning mahsulotlarimizdagi singari ularda ham yog' ta'm va shiradorlikni oshirish uchun qo'shiladi. Ammo yog'ning qanday turidan foydalanish — hamma gap shunda. Mol yog'i, qo'y dumbasini ham qo'shib ko'rishga harakat qildik, ammo ularning o'ziga xos hidi mavjud. Mahsulotlarimiz halol bo'lgani tufayli cho'chqa yog'idan foydalanish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shu tariqa retsept nuqtai nazaridan qaraganda ancha neytral bo'lgan tovuq terisida to'xtadik.

Yana nimalarni bilish kerak?

Birinchidan tovuq terisi mahsulotlarimizda uncha ko'p emas. Buning ustiga barcha mahsulotlarimizga qo'shilmagan. Masalan, shnitsellar va kabob uchun mo'ljallangan go'shtlarimizda u yo'q. Ikkinchidan, tovuq terisi organizm uchun foydali bo'lgan kollagen va elastin to'qimalarga boy. Uchinchidan, tovuq terisidan foydalanish O'zStandart tomonidan nazorat qilinadi va oziq-ovqat sanoati xavfsizligi me'yorlariga to'liq javob beradi.


"Kulinar"ning ba'zi mahsulotlariga "parhez" deb yozib qo'yilgan. Bu haqiqatan ham shundaymi?

Ha, kurka go'shtida oqsil ko'p, yog' esa kam, u tez singiydi va boshqa turdagi go'shtlarga nisbatan xolesterini kam. Oddiy uglevodlar — buning ham bizga aloqasi yo'q. Masalan, kurka go'shtidan parhez kotletlarni olib ko'raylik. Ularning tarkibida non yo'q, ulgevodlar miqdori esa 1%dan oshmaydi.

Sizning shubha-gumonlaringizga barham berdik, degan umiddamiz. Kolbaskalar, shnitsellar va kotletlarimizni totib ko'rishning ayni vaqti keldi. "Kulinar"ni harid qiling — butun oilangiz uchun xavfsiz va mazali taomlarni tayyorlang.

Mahsulotlarimizni Makro va Korzinka.uz supermarketlari tarmog'idan topishingiz mumkin. Yoki yetkazib berish uchun buyurtma bering — bizda bu bepul.