"KULINAR" KOLBASKALARINI TAYYORLASHNING ODDIY VA MAZALI USULLARI

Sabzavotlar bilan pishirib yaxna qilamiz, duxovkada dimlaymiz, yog' yoki grilda qovuramiz


Dunyodagi barcha xalqlarning oshxonalarida kolbaskalar bor, ularni hamma yerda har xil pishirishadi. Biz esa, Toshkentning ko'plab savdo nuqtalaridan topishingiz mumkin bo'lgan bizning "Kulinar" firma belgili kolbaskalarimizni qanday tayyorlash mumkinligi haqida hikoya qilamiz.

Go'shtli taomlarda bo'lgani singari, kolbaskalarni ham qovurish, yaxna qilish, dimlash va qaynatishning o'nlab usullari mavjud. Biz Siz uchun eng oddiy va mazali usullarini tanlab oldik. Shunday qilib, Mol go'shtli kolbaskalarni, Pishloqli tovuq go'shtli kolbaskalarni, Qalampirli mol go'shtli kolbaskalarni, Xushbo'y mol go'shtli kolbaskalarni yoki Kurka go'shtli kolbaskalarni oling va ulardan oiladagilar uchun mazali hamda xilma-xil kechki ovqatlar tayyorlang.

Osh bo'lsin!

TAYYORLASHNING
4-TA USULI

Qovurish, dimlash, tolash yoki qaynatish
GARNIRGA
7-TA TAOM

Grildagi sabzavotlar, qishloqchasiga jaydari kartoshka, qaynatilgan guruch, quritilgan loviya va boshqalar
QAYLA UCHUN
2-TA VARIANT

Tomat va qaymoqdan adjika va qayla
Foydali maslahatlar
1. Siz bizning kolbaskalarimizni qanday tayyorlashingizdan qat'iy nazar, oldin ularni muzdan tushirib oling. Bu ishni muzlatkichning o'zida qiling. Misol uchun, ertalab ishga ketishdan avval ularni muzlatkichga qo'yib keting, kechki paytga borib ular «tayyor» holatda bo'ladilar. Agarda kolbaskalar ayni paytda, hozir kerak bo'lsa, ularni mikroto'lqinli pechda muzidan tushiring — shunday qilsa ham bo'ladi.

2. Muzidan tushirgandan so'ng kolbaskalarni ortiqcha namlikni ketkazish uchun qattiq salfetka yoki sochiq bilan artib chiqing. Shunday qilinsa, qovurilayotgan kolbaska o'zini ancha yaxshi "tutadi".

3. QOVURAYOTGAN PAYTDA PISHLOQLI KOLBASKANI HECH QACHON TESHIB CHIQMANG. Kuyib qolishingiz va ustingizni kir qilishingiz mumkin.
Tovada qovuramiz
Tayyorlash uchun kerak bo'ladi:

— "Kulinar"ning har qanday nomdagi 5ta kolbaskasi;

— tomat pastasi va qaymoq — 2 osh qoshiqdan;

— soyalik qayla - 1 osh qoshiqda;

— sarimsoq piyozning 2 ta bo'lagi va shivit bog'ining yarmi.


Tovani o'rtacha olovda qizdiring va tagini bir me'yorda qoplaydigan qilib, yog' quying. Endi kolbaskalarni tayyorlab olamiz. Buning uchun ularga ehtiyotkorlik bilan har 2 sm oraliqda tishkavlagich bilan teshib chiqing — shunday qilinsa, qovurilayotganda ularning yuzasi yorilib ketmaydi. Kolbaskalarni tovaga soling va po'sti qizarguncha har 2-3 daqiqada aylantirib turing. 10 daqiqa qovuring.

Alohida idishda tomat pastasi, qaymoq, soyali qayla, ozroq tuz, maydalangan qizil qalampir va qora murchni aralashtiring va unga sarimsoq piyozning ikkita bo'lagini maydalagichdan o'tkazib soling. Bularning barchasining ustidan ozgina miqdorda suv quying va bir xil massa bo'lguncha aralashtiring.

Kolbaskalar solingan tovaga qaylani quyib aralashtiring, qopqog'ini yopib, past olovda yana 10 daqiqa qovuring. Dasturxonga tortishdan avval maydalangan shivit sochib chiqing.

Bunday taomga garnir sifatida kartoshka pyuresi, shivit qo'shib qaynatilgan kartoshka, yaxna karam va fasol parchalari yaxshi mos keladi.
Tovada dimlaymiz
Dimlangan kolbaskalar doimo juda mayin va shirali bo'ladi. Buning uchun sizga:

— "Kulinar"ning har qanday nomdagi 5ta kolbaskasi;
— 3ta pomidor;
— 2ta piyoz;
— sarimsoq piyozning 4ta bo'lagi;
— 5 sm zanjabil (imbir) ildizi;
— yashil chili qalampiri, ko'kat, ta'bga qarab ziravorlar va tuz kerak bo'ladi.

Kolbaskani kichikroq, santimetr atrofida qalinliklikdagi bo'laklarga bo'lib chiqing. O'simlik yog'i quyilgan tovani katta olovda qizdiring va unga qirqilgan kolbaskalarni tashlang. Po'sti oltin rangli tus olmaguncha ikkala tarafini 5 daqiqa qovuring. Kolbaskalarni likopchalarga soling.

Endi piyoz va sarimsoqni to'g'rang, pomidor va zanjabilni qirg'ichdan o'tkazing. Tovada piyozni tillarang bo'lgunicha qovuring, unga qirg'ichdan chiqqan pomidor, zanjabil, sarimsoq piyoz, qalampir va ziravorlarni qo'shing. Ushbu massa qaynashni boshlashi bilan qovurib olingan kolbaskani soling. Qopqoqni yoping va oldindan aralashtirib, past olovda 10-15 daqiqa sovuting.

Ko'katlar soling va dasturxonga garnir bilan birga torting. Bunga qaynatilgan guruch, qishloqcha jaydari kartoshka yoki grechka yaxshi mos keladi.
Toblab pishiramiz
Bu bizning kolbaskalarimizni pishirishning eng oddiy usulidir. Buning uchun bor-yo'g'i — duxovkani tayyorlash, kolbaskani idishga solish va ...kutish talab etiladi.

Shuningdek, qovurishdan oldin kolbaskaning butun uzunligi bo'ylab, qovurish vaqtida yorilib ketmasligi uchun 2 santimetr oraliqda teshib chiqing. Pishirish uchun chovlidan emas, balki pishiriladigan shakldan foydalangan yaxshi. Shundagina kolbaska o'zining selida o'zi qovuriladi. Yumshoqroq pishadi.

Shunday qilib, duxovkani 190-200 darajagacha qiziting. Shaklga kolbaskani bir tekisda terib chiqing. Ta'bga qarab ziravorlar, tuz qo'shing, zaytun yog'idan ozroq purkab yuboring. 40-50 daqiqa pishiring, har 10 daqiqada ehtiyotkorlik bilan qisqichlar bilan ag'darib turing. Kuyib qolishdan ehtiyot bo'ling.

Seli ko'proq bo'lsin, desangiz, avvalroq yaltillatib qovurib olingan piyozning ustiga qo'yib pishirish ham mumkin.

Tayyor taomni barra ko'kat va salatlar, shuningdek, garnir sifatida qishloqcha jaydari kartoshka bilan birga torting.
Grilda qovuramiz
Nihoyat, agar ob-havo imkon bersa, kolbaskalarni grilda tayyorlash mumkin va shart, chunki ular bunda "tutun isli" bo'ladi va o'zidan takrorlanmas xushbo'y taratib turadi!

Olov yoqing, ustiga ko'mir qo'ying va u bir tekisda qip-qizil bo'lmaguncha kutib turing. Olovning "tillari" bo'lmasligi kerak. Keyin gril to'rini o'rnating va uning qizib olishiga imkon bering.

Ungacha kolbaskani idishda tayyorlab oling. Kerakli miqdorda zaytun yog'idan soling, murchlang, tuz soling va sevimli ziravorlaringizni qo'shing. Aralashtiring va limon sharbatidan ozroq purkang. Kolbaskaning butun uzunligi bo'ylab bir tekisda tishkavlagich bilan teshib chiqishni unutmang.

Kolbaskalarni qisqich bilan bitta-bitta olib to'rga joylashtiring va olovning ochiq "tillari"ning bor-yo'qligini nazorat qilib turing. Kolbaskani tayyor bo'lguncha, har 2 daqiqada ag'darib turib, 15-20 daqiqa davomida qovuring.

Bir vaqtning o'zida, o'sha grilda kabachka, makkajo'hori, baqlajon va piyozni oldindan barchasini 2 santimetr qalinlikda aylana shaklida to'g'rab olib, qovuring — bu eng qoyilmaqom garnir bo'ladi. Shuningdek, qishloqchasiga jaydari kartoshka pishirib oling, ungacha esa adjika sotib oling, u taomning asosiy qaylasi o'rnini bosadi.

Yoqimli ishtaha!

P.S. Yana bizning kolbaskalarimizni har qanday sosiskalar singari qaynatish ham mumkin. Shunda ularning ta'mi mayin tortib, hatto, ma'lum bir darajada parxez taom ham bo'ladi. :)
Keyingi gal qarindoshlaringizdan biron-bir kishi «Kechki ovqatga nima bor?», deb so'rab qolsa, cho'chimang. Bizning pishirishga tayyor bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarimizdan har qandayini oling va oila a'zolaringizning xonaki mazali kechki ovqatlar bilan ko'ngillarini xushnud qiling.