Mahsulotlar 2 kishiga mo'ljallangan:
-
Kurka go'shtidan "Kulinar" parxez kotletlar;
- Bitta katta bosh piyoz;
- Uchta katta pomidor;
- Ikkita sariq bulg'or qalampiri;
- Bitta kichik qalampir;
- Besh bo'lak sarimsoqpiyoz;
- Tuz va qora murch.
1. Kurka go'shtidan "Kulinar" parxez kotletlarini muzidan tushiring, qizargunicha ikkala tomonini yog'da qovurib oling. Ularni dumalok shaklda kesilgan piyoz bilan qovurish zarur. Qovurish uchun chuqurroq, 10 santimetrcha chuqur bo'lgan idishni tanlagan ma'qul.
2. So'ngra olovni pasaytiring, tovaga qirg'ichdan chiqarilgan pomidor va somoncha shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampirini soling. Mahsulotlar ustiga mayda to'g'ralgan qalampirni sepib chiqing.
3. Tovaning ustini yopib, past olovda 10-12 daqiqa dimlang. Tayyor bo'lishiga 5 daqiqa qolganida taomga sarimsoqpiyozni to'g'rang va ta'bga ko'ra ziravorlardan qo'shing.
4. Garniriga guruch, grechkani pishirib olishingiz yoki hech narsa qo'shmasdan shunday o'zini tanovul qilsangiz ham bo'ladi. Uning o'zi ham juda mazali.