10. Mol go'shtili chuchvarali toblama Agar oddiy qaynatilgan chuchvaralardan charchagan bo'lsangiz, ulardan pishloqli qarsillama qoplami bo'lgan toblama tayyorlashni taklif qilamiz. Bu avvalgi taomlar kabi tez tayyorlanmasa-da, ammo juda g'ayrioddiy chiqadi! Nima dedingiz, urinib ko'ramizmi?
Quyidagilarni tayyorlab qo'ying:
-
2 o'ram "Kulinar" mol go'shtili chuchvarasi;
- 2 bosh piyoz;
- 2ta tuxum;
- 2 osh qoshiq smetana;
- 150 g qattiq pishloq;
- 1 osh qoshiq tomat pastasi;
- ta'bga ko'ra tuz, qalampir.
1. Piyozni arting, kubiklarga bo'ling.
2. Tovani oldindan qizdiring, yog quying. Piyozni o'rtacha olovda oltin rangga kirgunicha qovuring.
3. Idishda tuxum, smetana, pomidor sousi va ziravorlarni aralashtiring.
4. Tovaga zarqog'oz to'shab, chuchvara va piyoz soling. Bir oz tuz qo'shing. Tuxum aralashmasini bir maromda, yuzani tekis qoplaydigan qilib taqsimlang.
5. Ustini zarqog'oz bidan yoping va oldindan qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida 200 °C darajada pishiring.
6. Tovani pechdan oling va pishloq seping. Yana 10 daqiqaga pechga qo'ying.
7. Tayyor! Kesib, issiqligida dasturxonga torting.